SAT Qo'llanma

SAT Ball Nechta Kerak? Har Bir Yo'nalish Bo'yicha Javob

✎ Faridun Shavkatov 📅 1-Aprel, 2026 ⏰ 5 daqiqa

Eng ko'p so'raladigan savol: 'SAT da nechta ball to'plashim kerak?' Javob bitta emas — bu siz o'qimoqchi bo'lgan universitetga va olmoqchi bo'lgan stipendiyaga bog'liq. Quyida aniq javoblar.

Rasmiy SAT Resurslari

Rasmiy sinov sanalari, ro'yxatdan o'tish va bepul mashq uchun College Board yoki Khan Academy SAT ga tashrif buyuring.

AQSh Universitetlari Uchun SAT Bali

Universitet turiMinimal ballStipendiya uchun
Yuqori darajali (MIT, Harvard)1530+1550+
Kuchli universitetlar (Purdue, Drexel)1300–14001500+
Liberal arts kollejlar (Gettysburg, Knox)1200–13001350–1450+
Ko'plab AQSh universitetlari1100+1300+

SAT Samarkand o'quvchilari 1440–1530 ball bilan Purdue, Drexel, Gettysburg, Knox va boshqa universitetlarga qabul qilingan.

Turkiya Universitetlari Uchun SAT Bali

UniversitetMinimal SAT bali
METU (O'rta Sharq Texnika Universiteti)1500+
Bilkent Universiteti1250+
Sabancı Universiteti1500+
Koç Universiteti1250+
Boshqa Turkiya universitetlariYÖS talab qiladi (SAT emas)

Muhim: Turkiya universitetlarining ko'pchiligi SAT emas, YÖS imtihonini talab qiladi. SAT faqat yuqoridagi to'rtta universitetda qabul qilinadi.

Koreya Universitetlari Uchun SAT Bali

Koreya universitetlari SAT ni rasman talab qilmaydi, lekin kuchli SAT bali ariza jarayonini kuchaytiradi:

O'zbekistondagi Mahalliy Universitetlar Uchun

💡 Umumiy tavsiya

Agar maqsadingiz AQSh, Turkiya (METU/Bilkent) yoki Koreya bo'lsa, 1350+ ga intiling. Bu ball stipendiyalar uchun asos bo'ladi va ko'p universitetlar uchun raqobatbardosh.

Hozirgi SAT Darajangizni Bepul Bilib Oling

55 daqiqalik bepul diagnostika testi orqali hozirgi SAT darajangizni va maqsadli universitetga yetish uchun kerak bo'lgan vaqtni bilib oling.

Bepul diagnostikaga yozilish

Frequently Asked Questions

1200 ball ko'pgina universitetlarga kirish uchun minimal chegara. Lekin stipendiya olish uchun 1350+ kerak. Agar AQSh yoki Turkiya universitetlarini ko'zlasangiz, 1350–1500+ ga harakat qiling.
1400 ball Purdue, Drexel, Gettysburg, Knox, Kalamazoo va boshqa ko'plab AQSh universitetlariga kuchli ariza berish imkonini beradi. METU va Bilkentda ham raqobatbardosh.
SAT natijalari 5 yil amal qiladi. Lekin o'quv yilida (grade 10-12) topshirilgan natijalar ko'proq hisobga olinadi.
Cheklov yo'q. Ko'pchilik universitetlar eng yuqori natijani hisobga oladi (Superscore). 2–3 marta topshirish odatiy holat.
Call us
+998 95 113 16 00
Have a question?
@satsam_support
Book FREE Lesson →